O‘quvchilar yangi binolarda o‘qiydi

Date:

Viloyatimizning shahar va tumanlarida bir qator yangi obyektlar foydalanishga topshirildi. Ana shunday obyektlar sirasiga Sariosiyo tumanidagi 52-maktab uchun qo‘shimcha binoning foydalanishga topshirilganini aytishimiz mumkin.

1 milliard 350 million so‘m mablag‘ evaziga 120 o‘ringa mo‘ljallab bunyod etilgan yangi o‘quv binosida o‘quvchi-yoshlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Muhimi, zamonaviy jihozlangan sinf xonalarda ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish uchun barcha qulaylik mavjud.

Shu kunning o‘zida Boysun tumanidagi 3-maktabda ham  uchun qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi. “Tashabbusli budjet” dasturining 2025-yil 1-mavsumida ajratilgan mablag‘lar hisobidan boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan, qiymati 949,8 million so‘m bo‘lgan qo‘shimcha 90 o‘rinli yangi binoda barcha shart-shaoit va qulayliklar yaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun