TerDUda yangi sahifa

Date:

Xabaringiz bor, joriy o‘quv yilidan boshlab xorijiy filologiya fakulteti tarkibida “Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili” yo‘nalishi  faoliyatini boshladi.  Ushbu yo‘nalishda  ta’lim olayotgan talabalarimiz ulkan maqsadlar sari dadil qadam tashlamoqda.

Talaba-yoshlarga nafaqat til o‘rgatish, balki Sharq madaniyatining nozik jilolarini anglatish, qadimiy va zamonaviylik uyg‘unligida malakali kadrlar tayyorlash asosiy maqsad qilib olingan.

Ana shu maqsad va muddaoga yoʼnaltirilgan tashabbuslar koʼzga tashlanmoqda. Talabalar  o‘zbek milliy adras va atlasining betakror ranglarini yaponlarning milliy kimonosi bilan uyg‘unlashtirib, yangi timsol yaratdilar va shu liboslarda dars mashg‘ulotlariga ishtirok etishmoqda. Bu tashabbus  o‘zbek va yapon xalqlarining do‘stligi, madaniy aloqalari va o‘zaro hurmatining ramzi bo‘lib gavdalanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun