Manguzardagi o‘yingoh ta’mirlanadi

Date:

Ijtimoiy sohani rivojlantirish doirasida ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish va aholi ehtiyojlariga mos infratuzilmalarni barpo etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Termiz shahridagi 5-sonli maktabda hozirda keng ko‘lamli ta’mirlash va yangilash ishlari olib borilmoqda. Loyihaga ko‘ra, mavjud binolar rekonstruksiya qilinib, bo‘sh hududlarda sport va o‘quv jarayoni uchun qo‘shimcha obyektlar barpo etiladi. Jumladan, futbol, basketbol va “Workaut” maydonlari, kibersport va IT-markaz, o‘q otish zali, shuningdek, qandolatchilik hamda tikuvchilik ustaxonalari qurilishi rejalashtirilgan.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur maskanda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, “Jo‘yjangal” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalni rekonstruksiya qilish asosida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari hamda aholi uchun saylgoh tashkil etish bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Viloyat rahbari tashrifi davomida fuqarolar e’tiroziga sabab bo‘lib kelayotgan Manguzar mahallasidagi o‘yingoh muammosini ham o‘rgandi. Mas’ullarga futbol maydonini kapital ta’mirlash, “Workaut” va “Stritbol” maydonchalarini qurish, hududni obodonlashtirish hamda tomoshabinlar uchun qulay sharoitlar yaratish vazifalari topshirildi. Mazkur chora-tadbirlar nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga, balki ularning salomatligini mustahkamlash va kelgusida kasb-hunar egallashiga keng imkoniyat yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun