“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

Date:

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir bolaning ko‘zidagi chaqnoqni ko‘rib, unga mehr berib, bilim berib ulg‘aytirish — bu mening hayotimning ma’nosi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lish — bu faqat dars berish emas, balki bolaga mehribon ona, sadoqatli do‘st, ishonchli yo‘lko‘rsatkich bo‘lishni ham anglatadi.
Mening kamtarona xizmatlarim esa bugun ko‘ksimga II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bo‘lib taqildi. Shaxsan muhtaram prezidentimizning qo‘llaridan mukofotni qabul qilib olib, ularning samimiy qutlovlarini, tilakalarini eshitishga muyassar bo‘ldim. Rostini aytsam, bu men uchun hayajonga to‘la lahzalar bo‘ldi, to‘lqinlanib ketdim, ko‘zimga yosh keldi. Axir oddiy bir o‘qituvchi sifatida yillar davomida qilgan mehnatim davlatimiz tomonidan e’tirof etilishi — bu men uchun eng katta baxt. Men mukofot oldim, deb o‘ylamayman, bu — mening o‘quvchilarimning yutug‘i, ularning chehrasidagi tabassumi, bilimga tashnaligi, ota-onalarning minnatdorligi va hamkasblarimning hamjihatligi natijasidir.
Ha, bu orden — mening yelkamga yanada og‘irroq, ammo sharafli mas’uliyat yukladi. Endi nafaqat o‘quvchilarim, balki kelajakda o‘qituvchilik yo‘lini tanlaydigan yoshlar uchun ham namunali bo‘lishim kerak. Menimcha, haqiqiy ustoz nafaqat bilim beradi, balki qalblarga ezgulik urug‘ini qadaydi.
Aziz o‘quvchilarim, sizlarning muvaffaqiyatlaringiz — mening eng katta mukofotimdir. Sizlarning orzularingizni ro‘yobga chiqarishda qo‘limdan kelganicha xizmat qilaman. Hurmatli hamkasblarim, sizlar bilan bir safda mehnat qilayotganimdan faxrlanaman. Biz birgalikda ta’lim sifatini oshiramiz, bolalarimizni Vatanimizga sadoqatli, bilimli va barkamol insonlar qilib tarbiyalaymiz.

Ra’no Pirmatova,
Sherobod tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasi

Oldingi sahifaBirinchi saboq
Keyingi sahifaVatan deya urar yuragim

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun