“Besh tashabbus olimpiadasi” boshlandi

Date:

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga rasmiy start berildi.
Ochilish marosimida mamlakatning 13 ta hududidan oliy ta’lim muassasalari vakillari ham ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etdilar. Musobaqa davomida talaba-yoshlar futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, shashka kabi turli sport yo‘nalishlarida o‘z iqtidorini namoyish etadi. Bu nafaqat sportda bellashuv, balki muloqot, do‘stlik va hamkorlikni kuchaytirishga ham xizmat qiladi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kelajakda yurtimiz sharafini xalqaro musobaqalarda himoya qiladigan sportchilarni yetishtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

M. Zaripova,
TerDU dotsenti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun