Imkoniyatdan foydalanib…

Date:

Termiz davlat universitetida Rossiya, Belarus, Xitoy, Malayziya va Indoneziyaning nufuzli universitetlari bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga binoan qabul imtihonlari boshlandi. Hujjat topshirgan talabgorlar uchun birinchi bosqich – suhbat jarayonlari boshlandi.

Tadbir avvalida universitet rektori Abduqodir Toshqulov yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashib, qo‘shma ta’lim dasturlarining afzalliklari haqida so‘zlab berdi. Ta’kidlanganidek, TerDU bugungi kunda Rossiya, Belarus, Xitoy, Malayziya va Indoneziya universitetlari bilan hamkorlikda 15 ta yo‘nalishda qo‘shma ta’limni taklif etmoqda. Ayniqsa, huquqshunoslik, iqtisodiyot, psixologiya va kompyuter injiniringi kabi zamonaviy yo‘nalishlarga yoshlarda katta talab mavjud bo‘lib, joriy yilda 700 nafarga yaqin abituriyent hujjat topshirdi.

Muhim jihat: ingliz yoki rus tilidan B2 sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar bakalavriat uchun suhbat va chet tili imtihonidan ozod qilinib, maksimal ball oladi. Uchrashuv yakunida rektor B2 hamda undan yuqori darajadagi til sertifikatga ega talabgorlar bilan alohida suhbat o‘tkazdi va talaba bo‘lganliklari bilan tabrikladi.

Ma’lumot o‘rnida, qolgan abituriyentlar ikki bosqichli, ya’ni suhbat hamda Bilim va malakalarni baholash agentligitomonidan imtihondan o‘tkaziladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

FAW Tiger VR: shahar sharoitiga moslashgan ishonchli yuk tashuvchi

FAW brendining yuk avtomobillari O‘zbekiston bozorida so‘nggi yillarda ishonchli...

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...
KunTun
KunTun