Tizimda yangi tartib

Date:

So‘nggi yillarda sud qarorlarini ijro etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Shu jarayonda sud qarorlari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash uchun yangi mexanizm – “kafolat mablag‘i kiritish” tartibi joriy etildi.

Endilikda mulkiy tusdagi sud qarori ijro etilishi kafolat mablag‘i orqali ta’minlanadi. Ya’ni qarzdor majburiyatni bajarish uchun majburiy ijro organining depozit hisobiga pul mablag‘ini kiritishi kerak bo‘ladi.

Bu tartib ijro ishini vaqtincha to‘xtatib turish, qarzdorga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish imkonini beradi.Kafolat mablag‘i 20 kun davomida ijro organi hisobida saqlanadi. Agar shu muddat ichida sud qaroridan shikoyat qilinmasa, mablag‘ undiriladi. Aks holda, shikoyat muddati tugaguncha mablag‘ saqlanib turadi.

Ushbu mexanizm sud qarori foydasiga chiqarilgan shaxslarning huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

M.Mirxamidov,

Bosh prokuratura boshqarmaboshlig‘i o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun