Sherobodda yangi restoran

Date:

Sherobod tumani tobora chiroy ochib, yangilanib bormoqda. Tumanda barpo etilayotgan ijtimoiy va savdo-maishiy obyektlar nafaqat shahar ko‘rinishini yanada go‘zal qilmoqda, balki aholining hordiq chiqarishi uchun ham qulay sharoit yaratmoqda.

Shu jumladan, Bahor mahallasida zamonaviy va hashamatli “Gold Restorani” o‘z faoliyatini boshladi. Ochilish marosimida tuman hokimi Usmon Alimov, jamoatchilik vakillari va mehmonlar ishtirok etdi. Hokim yangi maskan bilan tumanda yanada bunyodkorlik ishlari kengayishini ta’kidlab, aholini tabrikladi.

Mazkur ezgu ish ehson asosida boshlandi. Restoran ilk bor kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari bilan ish boshlagani esa ko‘pchilikni hayratlantirdi va quvontirdi.

Endilikda “Gold Restorani” nafaqat mahalliy aholiga, balki tashrif buyuruvchi mehmonlarga ham xizmat qiladi. Bu maskan tumanning madaniy hayoti va iqtisodiy rivojida alohida o‘rin egallashi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun