Onlayn tiklash mumkin

Date:

Haydovchilik guvohnomasini yo‘qotganlar endilikda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga borib ovora bo‘lishmaydi. Endi bu jarayonni my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshirish mumkin.

Foydalanuvchi “Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish” xizmatidagi “Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash” bo‘limi orqali ariza topshiradi.

Xizmat narxi — 370 ming 800 so‘m (0,9 BHM). Agar guvohnomani pochta orqali olish istagi bo‘lsa, qo‘shimcha 25 ming so‘m to‘lanadi.

Yangilangan guvohnoma 1 ish kunida tayyorlanadi. Pochta orqali buyurtma qilingan taqdirda esa 3 ish kunida yetkaziladi.

Ma’lumotlar tizimda tasdiqlanmagan, shaxs haydovchilik huquqidan mahrum etilgan yoki Ma’muriy javobgarlik kodeksining 131- va 136-moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan hollarda ariza rad etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun