Dori retsepti QR kod shaklida ko‘rsatiladi

Date:

Endilikda yurtimizda elektron retsept tizimi ishga tushmoqdai, ya’ni dori retsepti shifokor imzosi bilan telefonda keladi va QR-kod bilan tekshiriladi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Sog‘liqni saqlash tizimida elektron retsept tizimini joriy etish bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, 10-dekabrdan boshlab Toshkent va Samarqand kabi yana 14 shahar va tumanda elektron retsept berish amaliyoti boshlanadi. Bu hududlar — Prezident tashabbusi bilan yangi sog‘liqni saqlash modeli joriy etilayotgan hududlardir.

Tizimning birinchi bosqichida shifokorlar patsiyentga elektron retsept tayyorlab beradi. Unda dori vositasining xalqaro nomlanishi, qabul qilish dozasi, usuli va muddati aniq ko‘rsatiladi. Barcha ma’lumotlar elektron tibbiy kartada saqlanadi, retsept esa QR-kod bilan tasdiqlanadi.

Biroq kuchli ta’sir etuvchi, narkotik yoki psixotrop moddalarni o‘z ichiga olgan dori vositalari uchun hozircha an’anaviy qog‘ozdagi retsept saqlanadi. Bu turdagi dorilar uchun elektron shakl 2027-yilgacha ishlab chiqiladi.

Elektron retseptda klinika nomi, litsenziya raqami, STIR, shifokorning to‘liq FIShi va telefon raqami, hamda bemorning shaxsiy ma’lumotlari aks etadi. Ushbu tizim barcha dori vositalarining yuritilishi, sotilishi va qo‘llanilishini onlayn nazorat qilish imkonini beradi.

Loyiha 2026-yil oxirigacha butun mamlakat bo‘ylab joriy qilinishi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun