Ustoz – ezgulik va ma’rifat chirog‘i

Date:

Termiz shahridagi “Nigina” tantanalar saroyida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiri haqiqiy mehr va ehtirom ruhida o‘tdi. Tantanaga shahar hokimligi, xalq ta’limi bo‘limi rahbarlari, ta’lim muassasalari direktor va pedagoglari, faxriy ustozlar hamda keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

Zal ichida jaranglagan kuy-qo‘shiqlar, o‘quvchilar ijrosidagi she’rlar va sahna ko‘rinishlari barchaning qalbini hayajonga to‘ldirdi. Har bir satr, har bir kuyda ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat, minnatdorlik va mehr-muhabbat aks etdi. Ushbu chiqishlar ishtirokchilar qalbida iliqlik uyg‘otib, o‘qituvchilarning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rnini yana bir bor yodga soldi.

Bayram davomida yosh avlodni bilimli, vatanparvar qilib tarbiyalashda fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh ilg‘or pedagoglar alohida taqdirlandi. Ularning fidokorona mehnati qadrlanib, shahar hokimligi va tegishli tashkilotlar tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir yakunida ustozlarga bildirilgan samimiy minnatdorlik so‘zlari, tabrik va ehtiromlar ularning qalbida faxr va quvonch tuyg‘ularini uyg‘otdi. Bayramona shodiyonalar ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirib, “ustoz” degan so‘z naqadar muqaddas va ulug‘ligini yana bir bor namoyon etdi.

Oldingi sahifaJavobgarlik kuchaytiriladi
Keyingi sahifaHazmi taom

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zamonaviy talabga puxta yechim

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, xalqaro ahamiyatga...

“Jasorat maktabi” — muhim loyiha

Respublika bo‘ylab yoshlarni vatanparvarlik, sadoqat va harbiy intizom ruhida...

Iqtidori e’tirofga sazovor

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Farxod Nazarov Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan...

“Inson uchun – 2026”: bandlikka keng yo‘l ochilmoqda

“Inson uchun – 2026” festivali doirasida mamlakatimiz hududlarida nogironligi...
KunTun
KunTun