Hazmi taom

Date:

Atrofni ko‘z qiri bilan tekshirgan bo‘lib, yonidagi kampirning hamyonini o‘g‘rincha o‘z sumkasiga soldi. Hech kim ko‘rib qolmaganiga ishonch hosil qilib, do‘kondan olgan gazli suvining pulini to‘lab shoshib chiqib ketdi.

Katta o‘ljadan mamnun bo‘lib, qo‘lidagi sumkasini o‘ynatgancha sakrab-sakrab qadam tashlab ketaverdi. To‘satdan o‘sha do‘kondagi sotuvchi bolaning uni chaqirib yugurib kelayotganini ko‘rdi-yu, qadamini tezlatdi.

Bola yetib olib uning yo‘lini to‘sdi, hansiragancha qo‘lidagini uzatdi:

— Gazli suvni unutib qoldiribsiz.

Arjumandbegim

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun