Javobgarlik kuchaytiriladi

Date:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishida “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Loyihaga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan telekommunikatsiya tarmoqlari yoki internet orqali uyatsiz harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Shuningdek, bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlash ham qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Qonun loyihasi orqali Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi belgilangan. Xususan, voyaga yetmaganlarni jabrlanuvchi yoki guvoh sifatida so‘roq qilish muddati aniq tartibga solinib, davomiyligi bir kun etib belgilanmoqda. Shuningdek, bu jarayonlarda ularning qonuniy vakillari ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida qator ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, bunday jinoyatlar soni kamaymagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki sakkiz oyida voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish jinoyati 36 foizga oshgan. Mazkur qonun loyihasi bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni turli xavf-xatarlardan asrashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun