Uy-joy oldi-sotdisi onlayn tasdiqlanadi

Date:

2027-yil sentyabridan boshlab ko‘chmas mulk almashinuvi, ijara shartnomalari va aliment to‘lovlari bo‘yicha kelishuvlar onlayn tarzda tasdiqlanadi. Shuningdek, mahalliy kommunal xizmatlar bazalari bilan integratsiya yo‘lga qo‘yilib, uy-joy oldi-sotdisi shartnomasi tasdiqlangach, mulkdor haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda yangilanadi.

Endilikda uy-joyni sotib olish yoki hadya qilish shartnomalari, shuningdek, ayrim boshqa huquqiy bitimlar videomuloqot orqali notarius tomonidan rasmiylashtiriladi. Bu tartib Prezidentning 9-sentyabr kuni imzolangan qarorida belgilab qo‘yilgan.

Qarorga ko‘ra, 2026-yildan boshlab shaxsni tasdiqlashda pasport yoki ID-karta o‘rniga Face-ID yoki barmoq izi orqali aniqlash tizimi joriy etiladi. Dekabrdan boshlab esa ishonchnomalarni onlayn bekor qilish va ijro hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.

2026-yil iyundan nikoh shartnomasi hamda transport ijarasi shartnomalari onlayn tasdiqlansa, dekabrdan boshlab meros va ipoteka shartnomalarini ham elektron shaklda rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, 2026-yil mart oyida “E-Notarius” mobil ilovasi ishga tushiriladi. Notariuslar tomonidan tuzilgan ijro hujjatlari elektron hujjat aylanishiga avtomatik integratsiya qilinadi. 2026-yil oxirigacha barcha notarial idoralar optik tolali internet bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Mazkur yangiliklar tufayli huquqiy munosabatlarda shaffoflik va qulaylik oshib, fuqarolarning vaqt va mablag‘larini tejashga erishiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun