Ishlar loyihaga muvofiqmi?

Date:

Mamlakatimizda xizmatlar sohasini rivojlantirish va turizmni yanada jadallashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda yangi infratuzilma obyektlari, jumladan, mehmonxonalar va zamonaviy turar joylar qurilishi sayyohlar uchun qulaylik, aholiga esa yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Shu maqsadda Termiz shahrida “Botanika bog‘i”ga tutash hududda ikki qavatli mehmonxona hamda kottej tipidagi turar joylar qurilishi boshlangan edi. Mazkur loyiha ijrosi o‘rganilib, qurilish ishlarining shaharsozlik qoidalari va tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiqligi tahlil qilindi.

Tekshiruv jarayonida ayrim joylarda loyiha talablaridan chekinilganligi va qurilish normalarining buzilgani aniqlandi. Shu munosabat bilan mutasaddilarga ishlarni faqat tasdiqlangan hujjatlar asosida olib borish, me’yorlardan chekingan qismlarni qayta tiklash va shaharsozlik qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Mazkur yondashuv — nafaqat qonun ustuvorligini ta’minlash, balki bunyodkorlik jarayonlarida sifat va xavfsizlikni kafolatlash, shuningdek, Termiz shahrining turizm salohiyatini oshirish, yangi xizmat turlari va ish o‘rinlari yaratish uchun ham muhimdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi vosita alkogolizmni davolaydi

O‘zbekistonda surunkali alkogolizmga qarshi farmakologik vosita davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib,...

Tabiatni asrash insoniylik burchimizdir

Har birimiz uchun tabiat – hayot manbayi hisoblanadi. Biz...

Manzilli ishlash mexanizmlari joriy etiladi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini...

Bellashuv qizg‘in kechdi

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda "Zakovat intellektual klubi"...
KunTun
KunTun