Murojaatlar ijobiy hal etildi

Date:

Muammo va taklifingizga qiziqadigan, sizni eshitadigan mutasaddi rahbarlar bor ekan, har qanday masalangiz hal etilib, ishingiz yanada rivojlanadi, oʻsishda davom etasiz. Ayni maqsadda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida shahar va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning navbatdagi ommaviy onlayn qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida 116 nafar fuqaroning 131 ta turli masaladagi murojaati tinglandi.

Murojaatlarning 24 tasi qabul jarayonida ijobiy hal etildi. Qolgan 107 ta murojaatning har biriga tegishliligi bo’yicha viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi rahbarlar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining ijrosi, aholini uy-joy bilan ta’minlashda subsidiyalar ajratilishi ijrosi muhokama qilindi. Hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida belgilangan vazifalar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi belgilanib, ishlarni jadallashtirish va manzilli hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8 nafar yosh ish bilan band

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida...

Qumdagi va toshdagi yozuv

Bir kuni ikki do‘st tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga...

Taassurot hayratlanarli

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar “Qo‘g‘irchoq”...

Bizda bronza medal!

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining III...
KunTun
KunTun