Surxondaryo delegatsiyasi xalqaro forumda

Date:

Novosibirsk viloyati gubernatorining taklifiga binoan, Surxondaryo viloyati delegatsiyasi “Texnosanoat – 2025” XII Xalqaro texnologik rivojlanish forumida ishtirok etdi.

Forum doirasida 7 yo‘nalish bo‘yicha 100 dan ortiq seminar, trening va davra suhbatlari tashkil etilgan bo‘lib, viloyatimiz vakillari o‘z sohalariga oid tadbirlarda faol boʻlishdi.

Forum doirasida o‘tkazilgan muzokaralar davomida teletibbiyot va onlayn konsultatsiyalar, mutaxassislarning onlayn ma’ruzalarini tashkil etish hamda ikki viloyat oliygohlari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, vohamiz tadbirkorlari ko‘rgazmada qatnashgan yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan xomashyo ta’minoti va mahsulotlarni eksport qilish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun