Xizmat uyi foydalanishga topshirildi

Date:

Yurtimiz taraqqiyoti va ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan har bir soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Davlatimiz Mustaqilligining 34 yilligi bayrami munosabati bilan Boysun tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi 317-yo‘l bo‘limi ishchi-xodimlari uchun maxsus xizmat uyi foydalanishga topshirildi.

Mazkur xizmat uyi zamonaviy talablarga javob beradigan, qulay va shinam holatda qurilib, ishchi-xodimlarning kuz-qish mavsumidagi faoliyatini samarali tashkil etish, tun-u kun navbatchilik davomida dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Tadbir doirasida tantanali ochilish marosimi tashkil etilib, mehnat jamoasi uchun bayram dasturxoni yozildi. Yo‘lsozlik sohasida fidokorona mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun