Qumqoʻrgʻonda 140 milliard so‘mlik ekoturizm kompleksi quriladi

Date:

Surxondaryo viloyatida tog‘li rekretsion hududlar, suv omborlari, ko‘llar va daryo sohillari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda tabiatga ziyon yetkazmagan holda ekoturizmni rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Janubiy Surxon suv ombori” hududida umumiy maydoni 15,7 gektar bo‘lgan, qiymati 140 milliard so‘mlik ekoturizm kompleksi qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida tabiiy muhitni asrab-avaylash, yangi yashil maydonlar tashkil etish, ekologik talablarga mos yo‘l va infratuzilmalar barpo etish hamda oqova suvlarni tozalash tizimini joriy qilish nazarda tutilgan.

Viloyat hokimi taklif va tavsiyalar asosida takomillashtirilgan loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Hudud ko‘zdan kechirilib, qurilish ishlarini tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirish, belgilangan talablar asosida qisqa muddatlarda boshlash vazifalari topshirildi.

Shuningdek, sobiq “Surxon kombinati” MCHJga tegishli, hozirda tijorat banklari balansidan joy olgan foydalanilmayotgan binolarda temir-beton klasteri tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Bo‘sh binolarni aniq loyiha va investitsiya talablari bilan auksionga chiqarish chora-tadbirlari belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun