Ishlar jadal tus olgan

Date:

Xabaringiz bor, Surxondaryo viloyatida 3 ta yirik turizm markazi barpo etilmoqda. Ularning biri — 615 gektar maydonni qamrab olgan “Sangardak” turizm markazidir. Ushbu loyiha “Turonbank” va xorijiy kompaniyalar hamkorligida ishlab chiqilgan master-reja asosida amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrif buyurib, “Turonbank” ATB boshqaruvi raisi Chori Mirzayev bilan markazdagi qurilish ishlari, kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosini o‘rgandi.

Hududda 9,5 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i va suv inshooti, shu miqdordagi oqova suv kollektori hamda tozalash inshooti qurilishi, mavjud ichki yo‘llarni zamonaviy ta’mirlash va avtoturargohni kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Viloyat rahbari taqdimotlar bilan tanishib, loyihalar ijrosini joyida ko‘zdan kechirdi va mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun