“Zarbdor” tajribasi asosida…

Date:

Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan “Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar” yuzasidan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Blek Plast” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida korxonada ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahsulot turlarini diversifikatsiya qilishdagi mavjud muammolar o‘rganildi. Muammolarni hal qilish va tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Viloyat rahbari Termiz shahrida amalga oshirilayotgan bir qator yangi loyihalar bilan tanishdi. Jumladan, “Ikrom aka baliq markazi” oilaviy korxonasi tomonidan tashkil etilayotgan 700 o‘rinli umumiy ovqatlanish nuqtasi loyihasi o‘rganildi. Loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi, mas’ullarga tadbirkorga ko‘maklashish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, migratsiyadan qaytgan fuqarolar tomonidan xonalar shifti uchun gul qog‘ozlar tayyorlash hamda ko‘p qavatli uy yerto‘lasida tashkil etilgan “Kempo MMA” sport to‘garagi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Ularning muammolari tinglanib, hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

O‘rganishlar doirasida “Jo‘yjangal” mahallasida “Zarbdor” tajribasi asosida amalga oshirilayotgan “Drayver” loyihalari, aholining bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishga mo‘ljallangan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari hamda saylgoh qurilish ishlari bilan tanishildi. Loyihalarni belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...

114 ta murojaat joyida hal

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov videokonferensaloqa shaklida navbatdagi ommaviy...

Polvonlarimiz boʻsh kelmadi

Surxondaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari...

Angorda yangi savdo do‘konlari ish boshladi

Angor tumanining Yuqori Xo‘jaqiya mahallasida joylashgan «Angor karvonsaroy» savdo...
KunTun
KunTun