10 ta “Labo” egasiga topshirildi

Date:

Viloyat hokimining Boysun tumanidagi o‘rganishlarida aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha hokim yordamchilari tomonidan yetarli ish olib borilmayotgani, shu jumladan, qariyb to‘rt oydan buyon imtiyozli kreditlar ajratilmaganligi tanqid qilinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berilgan edi.

Termiz shahridagi “Movaro” turar joy majmuasi ofisida o‘tkazilgan tadbirda mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan Boysun tumani hokimi va tumanga biriktirilgan loyiha menejerining hisobotlari eshitildi. Shuningdek, aholi bandligiga oid qator loyihalar hamda hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.

Tadbir doirasida 10 nafar ishsiz fuqaroga imtiyozli kredit asosida “Labo” avtomobili topshirildi.Boysun tumanida aholi tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hokim yordamchilariga 12,4 milliard so‘mlik kredit liniyalari ochildi. Boshqa hududlarda ham mablag‘larni bosqichma-bosqich yo‘naltirish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, Termiz shahar va tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari tomonidan tanlab olingan “drayver” loyihalarining ijrosi haqida axborot berildi.Viloyat rahbari tadbirdan so‘ng, “Movaro” turar joy majmuasi hududida tashkil etilgan 24/7 turizm ko‘chasidagi savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari faoliyati bilan tanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun