Loyihalar roʻyobi nazoratda

Date:

Termiz shahrida iqlim mo‘tadilligini oshirish, suvbo‘yi hududlarni obodonlashtirish va “Zarbdor” tajribasi asosida drayver loyihalarni joriy etish, shuningdek, “Bolajon” bog‘ini suv bilan ta’minlash maqsadida hududdan oqib o‘tuvchi kanalni rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilayotganidan xabaringiz bor.

Viloyat hokimi mazkur kanalda olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdi va mas’ullarning axborotlarini tingladi. Rekonstruksiya jarayonini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, shuningdek, loyihalarni samarali joylashtirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shundan so‘ng, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining viloyat bo‘limi uchun qurilayotgan yangi binoda olib borilayotgan qurilish ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Shu yerda Tatariston Respublikasining “Alabuga” maxsus erkin iqtisodiy zonasi va Germaniyaga ishlashga ketish istagida bo‘lgan fuqarolarni xavfsiz, tartibli va qonuniy ishga yuborish mexanizmlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, xorijda ishlashni xohlovchi ishsiz fuqarolarni talab etilayotgan kasblarga o‘qitish va ularni malakali mutaxassislar sifatida ish o‘rinlariga yo‘naltirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun