Nur

Date:

Saydi aka otadan yosh yetim qoldi. Orqasidan tog‘asi, akasi, yana bir nechta qarindoshi birma-bir u dunyoga rihlat qildi. Saydi akaning onasi ezilib ketdi. Ko‘zimga-yu qalbimga quvonch bo‘lsin deya o‘g‘lini yosh uylantirdi. Bir yil o‘tar-o‘tmas o‘g‘il nabirali bo‘ldi. Yo‘qotganlarimning o‘rnini to‘ldirdi deb uni erkaladi. Tarafkashi, xaloskori bo‘ldi — ota-onasi oddiygina tanbeham berolmadi. Katta bo‘lgan sari erkalashlarning natijasi ko‘rinar — arzanda takasaltangga aylanib borardi. Bolaning holini ko‘rdi-yu buvi ham nabirani ota-onasiga topshira qoldi:

— Bolangga yaxshilab tarbiya bersang bo‘lmaydimi?! Kimga tortgan bu, bizdan hali bunaqa betuturuq chiqqani yo‘q!

Ko‘cha bolasiga aylantirilgan bola ota-onasiga bo‘ysunarmidi…

Ko‘p hunar ko‘rsatdi. Uylanibam — xuddi ipini uzgan buqaday — kechalari ko‘cha daydir, uydan chiqishi bilan telefonining antennasi o‘chadigan bo‘ldi.

Farzandli bo‘ldi. Shiringina o‘g‘il ko‘rdi. Bobosining jon-u dili bo‘ldi. Bobosi bilan kun o‘tkazardi.

Saydi aka bir kuni o‘g‘li bilan ekinlarga qararkan, o‘ynab yurgan nabirasi teshacha bilan keldi. Dadasining yonidan go‘yoki ishlay boshladi. Dadasiga qaradi, chopiq qilingan ekin tuprog‘ini kartoshka yuziga tortyapti. O‘zicha dadasiga taqlid qilib ishlay boshladi. Teshacha bilan tuproq tortdi. Saydi akaning esa yuziga tabassum yugurdi:

— Xayriyat, endi uyda hech kim bo‘lmasayam, xavotir olmasamam bo‘laveradi. Mabodo kimlargadir qo‘ng‘iroq qilib tusholmasamam, yonimdan ajralmaydigan odam tuproq tortishni biladi…

G‘iyosxon Umarxonov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Izzat Tolipov nishondor bo‘ldi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni...

“Prezident sovg‘asi” Surxondaryoga yetib keldi

Yangi yil bayrami arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga...

Sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun...

Yangi markaz ishga tushdi

InfinBank o‘z faoliyati davomida hududiy tarmog‘ini izchil kengaytirib, zamonaviy...
KunTun
KunTun