Taklif va tavsiyalar berildi

Date:

Termiz shahridagi  Matbuot uyi binosida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining maqsad va vazifalari ijrosiga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi. Yurtimizda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish,  “Mehmonxona-transport-tur-operator-savdo va servis” korxonalarining kooperatsiya asosida faoliyat yuritadigan yirik turizm klasteri (majmuasi)ni tashkil etishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni qabul qilingan. Eshituvda ayni qaror ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlarga e’tibor qaratildi.

Qayd etilishicha, quvvati 15 ming tonna bo‘lgan 6 ta agrologistika markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan joriy yilning iyul oyida viloyatning Termiz, Angor va Muzrabot tumanlarida bo‘yicha samarali jamoatchilik monitoring tadbirlari o‘tkazilgan. Shuningdek,  kun tartibidagi masalalar bo‘yicha viloyat turizm boshqarmasi boshliq o‘rinbosarining hisoboti tinglandi.

Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish, meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmini kamida 230 million AQSH dollariga yetkazish bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan tinglangan hisobotdan so‘ng, jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha aniqlangan muammolar yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berildi.

Dinara Qo‘zimurotova

Oldingi sahifaEl salomatligi yo‘lida
Keyingi sahifaNur

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun