Mahoratlilar bellashdi

Date:

Kasb-hunar maktablari qisqa muddatlarda yoshlarni kasb va hunarga o‘rgatib, mustaqil hayotga tayyorlashi bilan ahamiyatli. Qo‘lida hunari bor esa hor bo‘lmaydi. O‘z ishini yo‘lga qo‘yib, o‘zi va o‘zgalarni band qiladi.

Ho‘sh, kasb-hunar maktablarida berilayotgan ta’lim o‘zini oqlayaptimi? Yoshlar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha nechog‘lik bilim va mahoratga ega bo‘lishayotir?

Uzun tumani 2-son kasb-hunar maktabida Surxondaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan professional ta’lim muassasalari o‘rtasida “Kasb mahorati” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichidagi jarayonlar, shartlar ana shunday savollarga munosib javob bo‘ldi.

Ko‘rik-tanlovga viloyat professional ta’lim muassasalarining 28 ta kasb-hunar maktabining shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etdi va sartaroshlik, oshpazlik, tikuvchilik hamda ustachilik kabi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha bellashdilar.

Hakamlar hay’ati eng avvalo ishtirokchilarning o‘z ishlariga yondashuviga e’tibor qaratdilar. Yangidan-yangi g‘oyalar yaratishni hush ko‘radiganlar ishi e’tibordan chetda qolmadi. Tadbir so‘ngida g‘oliblar estalik sovg‘a va diplom bilan taqdirlandilar.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun