Sanoat salohiyati oshiriladi

Date:

Bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer maydonlarini auksion orqali xususiy sektorga berish, ular negizida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish — tadbirkorlikni rivojlantirish asosidir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanida rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Xususan, tumanning “Azlarsoy” mahallasida joylashgan, avval “Surxon kombinati” MCHJga tegishli bo‘lgan va hozirda tijorat banklari balansida saqlanayotgan foydalanilmayotgan binolarni investitsiya shartlari asosida salohiyatli tadbirkorlarga ajratish orqali temir-beton klasteri tashkil etish ko‘zda tutilgan. Bu orqali tumanda sanoat ishlab chiqarish salohiyatini oshirish maqsad qilingan.

Viloyat hokimi loyihani yanada takomillashtirish va qisqa muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, “Janubiy Surxon suv ombori” hududida ekoturizmni rivojlantirishga doir loyihalar ham ko‘rib chiqildi. Loyihalarni ekologik talablarga muvofiq ishlab chiqish, yo‘l va kommunal infratuzilmalarni bosqichma-bosqich barpo etish, foydalanilgan suvlarni oqova tizimi orqali chiqarish hamda suv ombori tozaligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Viloyat hokimi mazkur hududda tabiiy muhit, flora va faunani asragan holda ekoturizm salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda

Termiz davlat universitetida talabalar uchun yangi imkoniyat — Harbiy...

Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi o‘zbekzabon aholining ona tilida...

“Odil sudlov – 2030”: sud-huquq tizimida yangi islohotlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va kelgusidagi ustuvor...

Surxondaryoda 70 mingdan ortiq birinchi sinf o‘quvchisiga “Prezident sovg‘asi” topshiriladi

Yangi o‘quv yili arafasida Surxondaryodagi 978 ta umumta’lim maktabining...
KunTun
KunTun