Ishonchnoma tartibi o‘zgartiriladi

Date:

Vazirlar Mahkamasi tomonidan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalar tartibini takomillashtirish yuzasidan hujjat loyihasi ishlab chiqildi. Unga koʻra, ishonchnoma orqali avtomobildan foydalanishda uni chet davlatga olib chiqish huquqi bor yoki yoʻqligi alohida tarzda koʻrsatilishi shart boʻladi. Bu haqdagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

Hujjat loyihasi avtomobil egalari huquqlarini ishonchli himoya qilish, chetga olib chiqilgan transport vositalari yuzasidan yuzaga kelayotgan huquqiy bahslarni kamaytirish hamda ishonchnoma orqali beriladigan vakolatlarga aniqlik kiritishni koʻzda tutadi.

Soʻnggi yillarda ishonchnoma asosida avtomobildan foydalanish holatlari koʻpaymoqda. Ayrim hollarda esa ishonchnoma orqali berilgan avtomobillar chet elga olib chiqilib, qaytarilmaslik holatlari kuzatilmoqda. Hujjatda keltirilgan statistikaga koʻra, 2024-yilda 50 ga yaqin fuqarolarga tegishli transport vositalarining olib chiqilib, qaytarilmagani aniqlangan. 2025-yil iyun oyining oʻzida 8 ta shunday holat qayd etilgan. Loyiha shu kabi mojarolarning oldini olishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun