Super-kontraktni bo‘lib to‘lash mumkinmi?

Date:

Oliy ta’limda o’qishga kirish imtihonlaridan yetarlicha ball to‘play olmagan va qo‘shimcha kontrakt evaziga o‘qishga qabul qilinuvchi nomzodlar to‘lovni yil davomida ikkiga yoki oylar kesimida bo‘lib-bo‘lib amalga oshirishlari mumkin. Bunda super-kontrakt shakli faqat birinchi yil uchun amal qiladi, keyingi yillardan boshlab bazaviy kontrakt to‘loviga qaytiladi.

Davlat OTMlariga kirish imtihonidan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qishga qabul qilinishlari mumkin. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 360-sonli qarorida belgilab berilgan. Ya’ni unga ko‘ra, kirish imtihonlaridagi natijalaridan kelib chiqib abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amaldagi oshirilgan to‘lov-kontraktning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.

Bunda natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 1 oy ichida OTM rektori nomiga ariza berish talab etiladi. Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlari birinchi o‘quv yili uchun to‘liq bajarilgandan so‘ng abituriyent oliygoh rektori buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi. Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagicha belgilanadi:

to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;

1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;

2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;

3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Qo‘shimcha kontrakt faqat bir marotaba, talaba o‘qishga qabul qilinganining birinchi yili to‘lanadi va keyingi bosqichlarda bazaviy kontrakt to‘loviga qaytiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ezgulik va hamjihatlik ayyomi

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki kayfiyat va shukronalik...

Ramazon hayiti: shukronalik va birlik ifodasi

Boysun tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki ruh, samimiylik va...

Surxondaryoda hayit namozi oʻqildi

Surxondaryo viloyatida muborak Ramazon hayiti yuksak ruh, shukronalik va...

Munosiblar e’tirof etildi

Surxondaryo viloyatida davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning...
KunTun
KunTun