Kelajak kasbini tanlab…

Date:

Zamonaviy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni hayotga tayyorlash, ularni ijtimoiy mehnatga moslashtirish, kasbiy yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashga ko‘maklashishdir. Ayniqsa, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirishda bu muhim o‘rin tutadi. Maktab ta’limi bosqichlarida kasbiy oriyentatsiya faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, ularning kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy muvaffaqiyatlari uchun zamin yaratadi. Bu jarayonni tizimli, ilmiy asoslangan holda tashkil etish orqali nafaqat o‘quvchilar, balki jamiyat ham yutadi. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish yoshlarni kelajak kasbini tanlashda to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish, ularning shaxsiy qiziqishlari, qobiliyatlari va mehnat bozori ehtiyojlariga mos ravishda qaror qabul qilishlariga yordam berish jarayonidir. Bu jarayon nafaqat o‘quvchilarning o‘z salohiyatini kashf etishiga yordam beribgina qolmay, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi.
O‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini aniqlash, psixologik testlar va so‘rovnomalar orqali qiziqishlari, qobiliyatlari, shaxsiy xususiyatlari va o‘quv faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini aniqlash uchun maxsus testlar o‘tkaziladi. Psixologlar yoki kasbiy yo‘naltirish bo‘yicha mutaxassislar bilan individual suhbatlar orqali o‘quvchilarning istaklari va maqsadlari muhokama qilinadi.
O‘quvchilarga o‘zlarining kuchli va zaif tomonlarini tahlil qilishga yordam beradigan mashqlar taklif etiladi. Turli kasblar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Har bir kasbning afzalliklari, qiyinchiliklari, talab qilinadigan ko‘nikma-
lar va kelajakdagi istiqbollari tushuntiriladi.
O‘quvchilarga soha vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda muayyan kasbda muvaffaqiyatga erishgan odamlarning hikoyalari orqali o‘quvchilarni ilhomlantirish mumkin. Bu jarayonni yanada samarali qilish uchun maktablar, ota-onalar, davlat o‘rtasida yaqin hamkorlik zarur. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, mahalliy ehtiyojlarni hisobga olish va xalqaro tajribani qo‘llash orqali o‘quvchilarni o‘zlariga mos keladigan kasbga yo‘naltirish mumkin.

Sitora Saidaxmedova,
Termiz shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab psixologi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun