TerDU: targ‘ibot tadbirlari Boysunda

Date:

Yurtimizda oliy ta’lim dargohlari soni yil sayin oshib bormoqda. Bu esa yoshlarda tanlov imkoniyatini kengaytiradi. Istak va qiziqishlarimiz, oliygoh reyting va ko‘rsatkichlariga qarab, qayerda o‘qishni davom ettirishni tanlaymiz. Shu jihatdan oliygohlar ham targ‘ibot tadbirlariga keng e’tibor qaratib, o‘z imkoniyatlari, shart-sharoitlari haqida ma’lumot berishayotir.

Termiz davlat universiteti tashabbusi bilan Boysun tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 39-umumta’lim maktabida 9-11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kelajak faoliyat” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” hamda “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.  Tadbir davomida 70 yillik tarixga ega Termiz davlat universitetining 51 ta bakalavriat yo‘nalishi va 31 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv bazasi, ilmiy va amaliy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 Shuningdek, universitetning xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi talaba almashinuvi va qo‘shma dasturlari doirasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlari o‘quvchilarga tanishtirildi. Tadbir davomida o‘quvchilar va maktab jamoasi faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Termiz davlat universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoyning Szyansu universitetida...

Jarang sochdi “So‘ngi qo‘ng‘iroq”

Surxondaryo viloyatidagi maktablarda bugun erta tongdanoq o‘zgacha hayajon sezildi....

Samarqandga yo‘l: yangi tarixiy asar

Ispan yozuvchisi va tarixchisi Antonio Torremocha Silvaning “Samarqandga elchilik”...

“Kelajak intellekti” g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi yosh...
KunTun
KunTun