“Yozgi sog‘lomlashtirish — muhim davr”

Date:

Uzun tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yozgi sog‘lomlashtirish davri — bolalar hayotida muhim davr” shiori ostida amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari, metodistlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminarda yozgi davrda bolalarning salomatligini mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga yozgi o‘yinlar, ochiq havoda mashg‘ulotlar va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berildi.

Mazkur seminar pedagoglar o‘rtasida tajriba almashish, innovatsion uslublarni joriy etish va bolalar uchun foydali yozgi muhit yaratishda muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun