Irrigatsiya tarmoqlari yangilanadi

Date:

Go‘sht va sut mahsulotlari barqarorligini ta’minlash, meva-sabzavot yetishtirish hajmini oshirish hamda tomorqalardan unumli foydalanishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qishloq xo‘jaligi sohasi boshqarmalari faoliyati va joylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Termiz shahrida Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va viloyat Fermerlar kengashi faoliyati o‘rganilib, irrigatsiya tarmoqlarini yangilash, suv ta’minotini yaxshilash hamda fermerlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanida chorvador fermerlar va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, chorvachilik sohasidagi muammolar, ozuqa bazasini mustahkamlash, go‘sht va sut mahsulotlari narxini barqaror ushlab turish yuzasidan fikr almashildi. Muloqot chog‘ida aniq takliflar ishlab chiqilib, tegishli vazifalar belgilab olindi.
Tashrif doirasida chorvachilik komplekslari tashkil etish hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishga oid investitsiya loyihalari taqdimoti ham ko‘rib chiqildi.
Yakunda Sho‘rchi tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im jarayonlari bilan tanishildi. Yuqori samara bilan mehnat qilayotgan fermer xo‘jaliklari va mexanizatorlar mehnati alohida e’tirof etilib, rag‘batlantirildi.

Oldingi sahifaXizmat samara bermoqda
Keyingi sahifaBrayl alifbosida…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Iqlim sinovlariga tayyor

Iqlim o‘zgarishi nafaqat tabiatga, balki insonlar turmushiga ham bevosita...

Suv qaytdi — qulaylik qaytdi

Qulay yashash muhiti, avvalo, ishonchli infratuzilmadan boshlanadi. Qumqo‘rg‘on tumanining...

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...
KunTun
KunTun