Xizmat samara bermoqda

Date:

Sherobod tumani tibbiyot birlashmasida yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolashda zamonaviy mobil angiograf xizmatidan keng foydalanilmoqda. Mazkur xizmat doirasida koronar angiografiya orqali yurak tomirlaridagi torayish yoki to‘siqlar aniqlanib, bevosita joyida aniq tashxis qo‘yish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, davolash jarayonlari, jumladan, stentlash — yurak arteriyalariga maxsus stentlar o‘rnatish orqali qon oqimini tiklash ishlari ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ushbu xizmatning tuman va shahar darajasida ko‘rsatilayotgani esa bemorlarni viloyat yoki respublika markazlariga borish zaruriyatidan ozod etadi. Ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholi uchun bu katta qulaylik va imkoniyat yaratmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun