Brayl alifbosida…

Date:

Jismoniy imkoniyatimizdan qat’i nazar o‘qishni, sevimli mashg‘ulotlarimiz bilan band bo‘lishni istaymiz. Ayniqsa, kitob mutolaasi bizga bitmas-tuganmas xazina kabi foyda keltiradi. Viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida «Brayl yozuvida tez va ifodali o‘quvchi kitobxon» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi ham ana shunday kitobsevar yoshlarni kashf eta oldi.

Tanlov O‘zKOJ viloyat bo‘limi va shahar bo‘linmasi, 1-sonli maxsus madaniyat markazi bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Tanlovda ko‘rish imkoniyati cheklangan kitobxonlar ishtirok etib, ishtirokchilar 2 ta shart bo‘yicha, jumladan, Brayl alifbosida 100 ta so‘zdan iborat diktant yozish hamda tez va ifodali o‘qish bo‘yicha o‘zlarining bilim va malakalarini namoyish qildilar.

Shartlarning bajarilishi va brayl yozuvidagi ko‘nikmalari va bilimlariga ko‘ra 1-o‘rinni Muzrabod filial kutubxonasi kitobxoni Sarvinoz Pardayeva qo‘lga kiritishdi hamda g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun