Tun-u kun xizmatda

Date:

Surxondaryo viloyatida tun-u kun faoliyat yuritadigan ko‘chalarni tashkil etish, shu orqali turizm, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalarning ijrosi o‘rganilib, yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishildi.

Xususan, Termiz shahridagi “Movaro” turar-joylar majmuasi yonida joylashgan bo‘sh maydonda “Yoshlar va turizm” ko‘chasini tashkil etish ishlari ko‘zdan kechirildi. Ushbu hududda tasdiqlangan namunaviy loyiha asosida yengil konstruksiyali, aholi uchun qulay va shahar ko‘rkini ochuvchi savdo hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalari barpo etilgan.

Shuningdek, Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sholini qayta ishlash korxonalari tashkil etish, qamishdan DSP ishlab chiqarish, “Navro‘z” mahallasida “Mahalla guzari” barpo etish, hamda “Do‘stlik” mahallasidan o‘tuvchi kollektorni zamonaviy tarzda yopib, tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan ko‘cha qurish ishlari o‘rganildi. Bundan tashqari, “Do‘stlik” mahallasining o‘zida saylgoh barpo etish loyihasi taqdimot qilindi va qurilish ishlariga start berildi.

Viloyat rahbari tomonidan taqdim qilingan loyihalarni yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi hamda qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun