Ezgu tashabbuslar davom etmoqda

Date:

Termiz shahrida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida ezgulik va mehr-oqibatni ulug‘lovchi tashabbuslar izchil amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, jamiyat e’tiboridan chetda qolmasligi lozim bo‘lgan ehtiyojmand oilalar va ularning farzandlariga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani tahsinga loyiqdir.

Termiz shahridagi “Serenada” tantanalar saroyida yuksak darajada tashkil etilgan yana bir ezgu tadbir – sunnat to‘yi marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 500 nafarga yaqin mehmon – nuroniy otaxon-u onaxonlar, mahalla faollari, yoshlar, turli soha aholi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida 40 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun keng ko‘lamli sunnat to‘yi tashkil etilib, har bir bolajonning qalbida unutilmas xotiralar qoldi. Marosim davomida yurtimizga taniqli san’atkorlar, jumladan, Toshkent shahridan tashrif buyurgan el suygan ijodkorlar ham ishtirok etib, o‘z chiqishlari bilan tadbirga bayramona ruh bag‘ishladilar.

Ushbu xayrli ish orqali mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va milliy qadriyatlarimiz yana bir bor ulug‘landi. Ayniqsa, bolajonlarning yuzidagi tabassum, ota-onalarning duosi va xalqimizning bir yoqadan bosh chiqarib ko‘rsatgan birdamligi – bu tashabbusning eng yuksak samarasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun