“Keling, bir kulishaylik”

Date:

Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish maqsadida Angor tumanida navbatdagi madaniy tadbir tashkil etildi.”Sharq guli” mahallasida joylashgan Madaniyat uyida “Keling, bir kulishaylik” nomli kulgu tomoshasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir aholi, xususan, yoshlar kayfiyatini ko‘tarish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda madaniy-ma’rifiy muhitni yanada boyitishga xizmat qildi.

Tomosha davomida taniqli aktyorlar ishtirokida sahnalashtirilgan hazil-mutoyiba sahnalari, turli kulgili chiqishlar va musiqiy dasturlar mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir ishtirokchilari bunday tashabbuslar xalqimizning madaniy ehtiyojlarini qondirish, san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun