Kelajak muhandislari bugundan tarbiyalanadi

Date:

Termiz shahrida ilg‘or tajriba: Robototexnika xonasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladiBugun Termiz shahar hokimi Sh.Lolayev Termiz shahar 9-umumta’lim maktabida yangi tashkil etilgan Robototexnika xonasi faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur loyiha viloyatimizda yagona bo‘lib, u namunaviy loyiha sifatida viloyatimizdagi boshqa ta’lim muassasalari uchun innovatsion yo‘nalishda namuna bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Xona zamonaviy robototexnika vositalari, dasturiy qurilmalar va o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiluvchi texnik jihozlar bilan ta’minlangan.Ushbu loyihani amalga oshirish uchun umumiy 880 million so‘m mablag‘ sarflangan, qolaversa ba’zi harajatlar “Open budjed” tanlovi doirasida yutib olingan grant mablag‘i hisobiga moliyalashtirilgan.

Shahar hokimi robototexnika xonasidagi mavjud sharoitlar bilan tanishar ekan, ayrim kamchiliklar va takomillashtirish lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berdi. Shu bilan birga, bunday texnologik makonlar yosh avlodda ilmiy-ijodiy tafakkurni shakllantirish, zamonaviy bilimlarni egallashga keng yo‘l ochishini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun