30 yildan so‘ng faoliyati tiklandi

Date:

Sariosiyo aeroporti “Silk Avia” aviakompaniyasining ilk reysini qabul qildi. Toshkentdan bortida 48 nafar yo‘lovchi bilan uchgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:41 da aeroportga kelib qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan, yo‘lovchilar esa karnay va surnay sadolari ostida kutib olindi.

Tantanali marosimda Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman hokimining o‘rinbosarlari, deputatlar, soha mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

“Silk Avia” aviakompaniyasi tomonidan “Toshkent – Sariosiyo – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha ATR-72-600 samolyotlarida muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta – chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Sariosiyo aeroportida aerodromning sun’iy yuzalarida, ya’ni uchish-qo‘nish yo‘lagi, burilish yo‘lakchasi va samolyotlar uchun turish joylarida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. Ushbu rekonstruksiya ishlaridan so‘ng aeroport 29-aprel kuni birinchi texnik parvozni qabul qildi.

Bir oy ichida 1100 kvadrat metr maydon va soatiga 100 nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi terminal qurish bo‘yicha barcha ishlar yakunlandi. Endilikda Sariosiyo aeroporti muntazam reyslarni amalga oshira boshladi.

Eslatib o‘tamiz, Sariosiyo aeroporti 1995-yilda fuqaro aviatsiyasi uchun yopilgan bo‘lsa, oradan 30 yil o‘tib, yana yo‘lovchilarni qabul qila boshladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun