Ilk ishtirok muvaffaqiyatli kechdi

Date:

Velosipedda sayr qilish boshqa-yu, hamrohlar bilan birgalikda kim o‘zarga kirishishning zavqi bo‘lakcha. Marrani ko‘zlab, oldinga intilasiz, intilishlaringiz, maqsadingiz naqadar qat’iy bo‘lsa, natija ham yuqori bo‘ladi. Raqiblar esa ortda qolib, o‘zingizni marrada ko‘rasiz. kishiga zavq beradi, kayfiyatni ko‘taradi. Ayniqsa, birgina harakatlaringiz bilan har qancha masofani bosib, inson o‘zini ko‘p narsalarga qodirdek his etadi.
Jizzax shahrida velosport turining BMX–reysing yo‘nalishi (velo-motokross) bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionati ham ana shunday hayajonli onlarga boy bo‘ldi. Musobaqada ilk bor ishtirok etgan Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabining sportchilari sovrinli o‘rinlarni egalladilar. Yakkalik bahslarda Asila Ergashevaga yetadigani topilmadi va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoaviy bahslarda ham natija yomon bo‘lmadi, vohadoshlarimiz
Jasmina Xoliqova, Fotima Tursunovalar 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun