“Daraxtlarni asraylik”

Date:

Chor-atrofimizdagi yashillik, gullar, dov-daraxtlarga aslida hech birimiz befarq bo‘lmasligimiz kerak. Ular yashnab tursa, ko‘z quvnaydi. Birgina harakatimiz bilan tiriklikni asrab qolish mumkin bo‘lganda, nega endi ularni nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘yishimiz kerak?
Jamiyatni uyg‘otish, daxldorlik hissi bilan yashashga undash maqsadida Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tashabbusi bilan “Daraxtlarni asraylik” shiori ostida navbatdagi ekologik aksiya tashkil etildi.
Yozning issiq kunlarida, ayniqsa “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan nihollarning qurib qolishining oldini olish maqsadida, ularni kundalik ravishda sug‘orish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tashabbus doirasida yosh daraxtlar ekologlar va ko‘ngillilar tomonidan doimiy parvarish qilinmoqda.
Ayni tashabbus viloyatning barcha tumanlarida amalga oshirilmoqda. Ekologik aksiyalarda ekologlar, yoshlar, jamoat faollari, nuroniylar, shuningdek, turli tashkilot va muassasalarning xodimlari ham faol ishtirok etishayotir. Tashkilotchilar bu kabi aksiyalar ekologik muhitni yaxshilash va aholida tabiatga nisbatan mehr va mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidlamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyni yayov kezganda…

Oltinsoy tumanidagi 1-son texnikumida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,...

Hashar birlikka chorlar

Termiz shahri bo‘ylab barcha mahallalarda umumxalq xayriya hasharlari uyushqoqlik...

Surxondaryoda sport rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig’i Ravshanbek Maxmudov Fransiyaning “Group...

Hamkorlik yangi bosqichda

Dushanbe shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari...
KunTun
KunTun