ISHLAR JADAL BOSHLANDI

Date:

Pillachilik — ipak qurti boqish, pilla yetishtirish majmui, qishloq xo‘jaligining ipakchilik sanoati uchun xomashyo yetkazib beradigan asosiy tarmoqlaridan biri sanaladi.
So‘nggi yillarda soha rivojiga alohida e’tibor qaratilib, mahsuldorlik darajasi kengayishida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Muzrabot tumanida 319 ta fermer xo‘jaliklari hamda tuman “Agropilla” MCHJ va aholi xonadonlarida joriy yil uchun iqlim sharoitiga mos, kasalliklarga chidamli xorijiy navlardan 2754 quti ipak qurti parvarishlanmoqda. Bu orqali pillakorlarimiz o‘z oldilariga qo‘yilgan 165,2 tonna davlat rejasini ortig‘i bilan bajarishmoqchi.
Muzrabot tumani hokimi v.b Baxrom Xidirov hamda tuman IIB boshlig‘i O‘tkir Shukurovlar tuman Agropilla MCHJga fermerlar tomonidan topshirilayotgan pilla sifati bilan tanishib, pilla topshirayotgan fermerlar bilan suhbatlashishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tajriba muhimmi?

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan...

Ekologiya darsdan chiqib, amaliyotga yaqinlashdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talabalar ekologik audit,...

“Oltintepa”da ko‘chalarning 95 foizi asfaltlandi

Jarqo‘rg‘on tumanining Oltintepa mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari davom...

Tarix sahnaga ko‘chdi

1 oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan...
KunTun
KunTun