Sirtqi taʼlim tugatildimi?

Date:

Prezident farmoni bilan oliy ta’lim tizimida qator o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Ya’ni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi.
Yangi oʻquv yilidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda universitetning xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan taʼlim yoʻnalishlarida dars berish uchun professor-oʻqituvchilarni tanlab olish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
2026/2027-oʻquv yilidan esa alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
2025/2026-oʻquv yilidan pedagog kadrlar tayyorlash jarayonida qabul faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etiladi. Sirtqi taʼlim shakliga esa qabul amalga oshirilmaydi.
Farmonga koʻra, oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
2026-yil 1-sentyabrdan respublikadagi mavjud pedagogika texnikumlarining oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun