G‘ALABAGA HALOL YO‘L BILAN

Date:

Qoraqolpog‘iston Respublikasining Nukus shahri kurash ishqibozlarini chorladi. Yuragida o‘ti, ko‘zlarida shashti-yu, bilagida kuchi bor yoshlar maydonga tushdi. Kurash esa halollik qoidalari asosida o‘tdi.
Murosasiz kechgan kurashlarda 2008-2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar O‘zbekiston kubogi uchun harakat qildilar. Quvonarlisi, Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi tarbiyalanuvchisi Komila Choriyeva 52 kilogramm vazn toifasida 3-o‘rinni egalladi.
Albatta, Komila hali yosh, bu kurash esa uning ilk odimlaridan. O‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan yosh polvon, kelgusi kurashlarda birinchi bo‘lish uchun tayyorgarlikni yanada kuchaytirish niyatida.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Termiz davlat universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoyning Szyansu universitetida...

Jarang sochdi “So‘ngi qo‘ng‘iroq”

Surxondaryo viloyatidagi maktablarda bugun erta tongdanoq o‘zgacha hayajon sezildi....

Samarqandga yo‘l: yangi tarixiy asar

Ispan yozuvchisi va tarixchisi Antonio Torremocha Silvaning “Samarqandga elchilik”...

“Kelajak intellekti” g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi yosh...
KunTun
KunTun