Haftalikda yoshlar faol

Date:

Surxondaryo viloyati bo‘ylab “Kitobxonlik festivali” qizg‘in o‘tmoqda. Turli tadbirlar, kechalar, tanlovlar va bellashuvlar yoshlarni kitobga oshno bo‘lishga, mutolaaga chorlayotgani bilan ahamiyatli. E’tiborlisi, kitob o‘qigan yosh borki, o‘zida ishonch bilan tadbirlarda faol.
Viloyat bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Har bir ishtirokchining o‘qigan asarlari bo‘yicha bilimlari, taassurotlari, mustaqil fikrlariga quloq tutildi. Eng yaxshi kitobxonlar esa g‘oliblar safida bo‘ldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Muzrabot tumanidagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Bahora Temirova 1-o‘rinni egalladi.
G‘oliblar “Kitobxonlik festivali”da taqdirlanadilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Doʻstlik va hamjihatlik qadri ulugʻlandi

Millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik jamiyat barqarorligi hamda...

O‘zbekiston haqidagi xolis nigoh

O‘zbekistonning boy tarixi, ma’naviy merosi va bugungi taraqqiyotini xalqaro...

Janubda “Shukronalik darslari” o’tkazildi

Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Hayrabod...

Deputat tashabbusi

Oltinsoy tumanining “Yangiqurilish” mahallasi aholisi tomonidan toza ichimlik suvi...
KunTun
KunTun