Velosipedlar topshirildi

Date:

Sog‘lom bo‘lish uchun foydali va vitaminlarga boy mahsulotlarni ratsionimizga kiritish bilan birga jismoniy mashg‘ulotlarga ham odatlanmoq shart va zarur. Ommaviy sport turlaridan biri bilan mashg‘ul bo‘lsak-ku, nur ustiga nur. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda yurtimizda ommaviy sport turlarini rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida ham ushbu yo‘nalishda sport federatsiyalari bilan hamkorlikda qator amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
Viloyat hokimligi hamda viloyat velosport federatsiyasi tashabbusi bilan yosh velosportchilar hamda parasportchilarga zamonaviy velosipedlar topshirildi. Ayni maqsadda tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, velosportni rivojlantirish, yosh avlodni sportga jalb etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida viloyatda olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib, bu boradagi barcha tashabbuslarni rag‘batlantirishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, qurilish sohasi tashkilot va boshqarmalari vakillari ham tashabbus ko‘rsatib, o‘zlari uchun velosipedlar xarid qilishdi. Ular velosport bilan shug‘ullanish orqali sog‘lom turmush tarzini amalda qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qilishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviy mas’uliyat ham muhim

Hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish insonparvar jamiyatning muhim mezonlaridan...

Oʻzaro kuch sinashdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy salohiyatini yuksaltirish...

Oltinsoy uzumi eksport yo‘lida…

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlantiradi,...

Bilimlar yanada mustahkamlanadi

Ta'lim sifati faqat nazariy bilim bilan emas, balki zamonaviy...
KunTun
KunTun