Kutubxona fondi 1200 kitobga boyidi

Date:

Bugundan barcha hududlarda “O‘zbekiston — kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlariga start berildi. 27-aprel kuniga qadar davom etadigan haftalik dasturiga ko‘ra turli tadbirlar, kechalar, bayramlar o‘tkazilishi reja qilingan.
Ilk kundanoq Angor tumanidagi Axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Qosim Mardonov ishtirok etdi. Hokim ulug‘ dargohga quruqqo‘l bilan kelmadi, balki tuman yoshlari uchun eng sara adabiyotlarni tuhfa qildi.
Haftalikning ochilishini angorlik kitobxon yoshlar katta xursandchilik bilan qarshi olishdi. Tadbirda tuman hokimi yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga qaratilgan tadbirlarni muntazam o‘tkazish va ko‘rik tanlovlar tashkil qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
So‘zga chiqqanlarning bari yoshlarga eng ezgu tilaklarni bildirish bilan birga, ularni kitobxonlikka chorladi. Qolaversa, kitob bilan kitobning farqi, mutolaaning foydalari haqida to‘xtakishdi.
Birinchi kunning o‘zidayoq tadbir ishtirokchilari tomonidan kutubxona fondi uchun 1200 dona kitoblar sovg‘a qilindi.
Yakunida yosh kitobxonlar tomonidan Vatanimizni madh etuvchi she’rlar va qo‘shiqlar ijro etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yopilgan yo‘l ochildi

Sho‘rchi tumanidagi fuqarolar qabulida ko‘tarilgan masala amaliy yechim topdi. “Ibn...

Birlashib, buyuk tarix yaratamiz

Sariosiyo tumanida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari bo‘lib o‘tdi. Denov tadbirkorlik...

Ustozdan munosib natija

Gruziyaning Tbilisi shahrida para dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati davom...

2500 metr balandlikdagi yer ilk hosilini berdi

Boysun tumanining Qizilnavr mahallasi Kengdala qishlog‘ida, dengiz sathidan 2500...
KunTun
KunTun