Kutubxona yangi kitoblar bilan boyidi

Date:

Yurtimizda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini joriy qilish orqali yoshlarda milliy g‘urur, iftixor, Vatanga bo‘lgan muhabbat va daxldorlikni yanada shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Angor tumanida ham kutubxonalar fondini boyitish, o‘quvchilar uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimi Qosim Mardonov Axborot-kutubxona markazi faoliyati va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 500 dona kitob kutubxonaga topshirildi. Ular orasida she’riy va nasriy asarlar, jahon adabiyoti durdonalari, ijodiy-ilmiy kitoblar ham bor.
Kutubxonaning umumiy kitob fondi 88 489 tani tashkil etadi. Shuningdek, 878 ta elektron adabiyotlar mavjud.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun