Arxeologiya muzeyiga sayohat

Date:

Muzey o‘tmishdan hikoya qilguvchi eksponatlari, qimmatli yodgorliklari bilan qadrli. O‘zlikni anglash, tarix bilan yuzlashish uchun ham muzeyga boramiz, farzandlarimizni ham olib boramiz. Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan muzeylarda ham yurtimizning bir necha ming yillik tarixi va madaniyati, ajdodlarimizning boy ilmiy merosiga oid 200 mingdan ortiq ashyolar, tarixiy ma’lumotlar saqlanayotgani voha ahlini qiziqtirmay qo‘ymaydi, albatta.

18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan viloyatdagi muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilib, tashrif buyuruvchilarga bepul xizmat ko‘rsatildi. Fursatdan foydalangan Jarqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari ham oila a’zolari bilan Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyiga sayohat uyushtirdilar va u yerdagi tarixiy ashyolar bilan yaqindan tanishdilar.
Eksponatlar haqida hikoya qilguvchi mutaxassis qiziqarli va muhim ma’lumotlarni aytib berdi. Katta qiziqish ila tinglagan tomoshabinlar uchun ochiq eshiklar kuni taassurotlarga boy bo‘ldi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun